AsosiyJamiyat

​​Moskva va Sankt-Peterburgga qo`shimcha aviaqatnovlar yo`lga qo`yiladi

'​​Moskva va Sankt-Peterburgga qo`shimcha aviaqatnovlar yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Yo`lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan «Uzbekistan Airways» AJ Toshkent – Moskva – Toshkent va Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo`nalishlari bo`yicha qo`shimcha aviaqatnovlarni yo`lga qo`yadi.

Toshkent – Moskva – Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha aviaqatnovlar 9 martdan 14 martgacha, Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo`nalishi bo`yicha esa 2022-yilning 11, 13 va 14 mart kunlari amalga oshiriladi.

Xabarga ko`ra, yo`lovchilar aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar