Sog`liqni saqlash vazirligiga ko`ra, COVAX dasturi doirasida bugun 2 257 600 doza Moderna vaksinasi keltirildi.
Shunday qilib, O`zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 59 269 023 dozaga etdi.
Ulardan:
- 2 404 480 dozasi AstraZeneca;
- 41 996 268 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
- 1 341 790 dozasi "Sputnik V";
- 8 580 460 dozasi Moderna;
- 2 626 650 dozasi Pfizer/BioNTech;
- 1 976 000 dozasi Sinovac;
- 343 375 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.
Shundan 46,5 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida qo`llanildi.
Qayd etilishicha, hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi 12 720 731 doza vaksina zaxirasi mavjud.






