O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining navbatdagi axboroti e`lon qilindi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 8-9 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovise aeroporti orqali 250 nafar O`zbekiston fuqarosi, shu jumladan 62 nafar ayol, 28 nafar voyaga etgaman shaxs va 11 nafar chaqaloq olib kelindi.
28 fevraldan 9 martga qadar 22 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush bo`layotgan joylardan 5 037 nafar vatandoshimiz qaytarildi.
Ukrainadan "Karchova" nazorat-o`tish punktiga kelayotgan O`zbekiston fuqarolarining sonini kamayishi kuzatilmoqda.
9 mart kuni yana bitta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Mamlakatimizning Ukrainadagi Elchixonasi tomonidan Sumi shahridan 23 nafar o`zbekistonlik talaba xalqaro gumanitar tashkilotlar shafeligida evakuasiya qilindi.
Ukrainaning turli joylaridan fuqarolarni evakuasia qilish bo`yicha ishlar davom etayotir. Bunda asosiy e`tibor urush harakatlari kuzatilayotgan chekka hududlarda qolib ketgan hamyurtlarimizni olib chiqishga qaratilmoqda.
O`zbekistonlik diplomatlar Moldova Respublikasida bo`lib, ushbu mamlakatdan vatandoshlarimizni evakuasiya qilish masalasini ishlab chiqmoqdalar.






