Qashqadaryo viloyati hokimi qarori bilan Karamova Komila Zaydullaevna viloyat hokimining o`rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig`i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar qildi.
K.Karamova tayinlovga qadar 2020 yildan viloyat Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari - viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo`yicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Ma`lumot uchun: ayni paytda qator viloyat, shahar va tumanlarda hokim o`rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlovlar amalga oshirilmoqda.






