AsosiyJamiyat

Egizak farzandi bor mashhurlar haqida bilasizmi?

'Egizak farzandi bor mashhurlar haqida bilasizmi?'ning rasmi

O`zbek shou-biznesi vakillari orasida shunday oilalar borki, birdaniga qo`shaloq baxtga sazovor bo`lgan: ularning egizak farzandlari bor. Bu haqda "Zamon" nashri yozmoqda. 

Avaz Oxun 2019 yilning may oyida  egizak qiz farzandli bo`lgan. U hozircha farzandlarini omma e`tiboriga "ko`z-ko`z" etganicha yo`q.

Taniqli aktrisa Yulduz Xamidovaning ham egizak qiz farzandlari bor. Ayni paytda aktrisa qizlarining o`qishi  sababli AQShda, ular bilan birga yashaydi.  Aktrisa egizak qizlarini 2020/2021 yillarda turmushga uzatgan.

Aktyor va teleboshlovchi, "Aristokratlar" guruhi a`zosi Diyorbek Begjonov 2019 yilda egizak qiz  farzandli bo`lgan. Uning egizaklari hozir ikki yoshda. 

Xonanda Ulug`bek Holiqovning bir o`g`il, bir qiz egizaklari bor. Xonanda bu haqida o`zining Instagram sahifasida xabar bergan.

Taniqli xonanda Rayhon G`anievaning Imron va Islom ismli egizak o`g`il farzandlari bor.

Aktrisa Yodgora Ziyomuhammedovaning ham egizak qizlarning onasi. Ular ham onasining yo`lidan ketgan — “Tomosha” guruhida raqs sahnalashtiradi.

"Dizayn" guruhining a`zosi, qiziqchi Abdurahmon Mavlonov ham egizak o`g`il farzandlarning otasi. Bu haqda qiziqchi o`zining Instagram'dagi sahifasi orqali e`lon qilgan.

    Boshqa yangiliklar