AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 1 300 AQSh dollari evaziga fuqaroning Tojikistondagi o`qishini O`zbekistonga ko`chirib bermoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

'Surxondaryoda 1 300 AQSh dollari evaziga fuqaroning Tojikistondagi o`qishini O`zbekistonga ko`chirib bermoqchi bo`lgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Sariosiyo tumanida fuqaroni o`qishini ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda. 

Departamentning Sariosiyo tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro K.I. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, 1 500 AQSh dollari evaziga Tojikiston Respublikasidagi o`qishini O`zbekiston Respublikasidagi Oliy ta`lim muassasasiga ko`chirib berish hamda ishga joylashtirib qo`yishni va`da qilib, shundan 1 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar