Toshkent shahrida yaqin 2 soat ichida kuchli momaqaldiroq bilan yomg`ir yog`ishi, shuningdek shamol tezligi 12-14 m/s kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda "O`zgidromet" shoshilinch xabar e`lon qildi.
"Sizlardan ehtiyot choralarni ko`rishlaringizni so`rab qolamiz.
Haydovchilardan tezlik me`yoriga rioya qilgan holda ehtiyotkorlik bilan harakat qilishlarini, zarurat bo`lmasa ushbu vaqt oralig`ida avtomashinada xarakatlanishni imkon qadar cheklashlarini so`rab qolamiz", - deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, sal avval Qashqadaryo viloyati osmonida kamdan-kam kuzatiladigan tabiat hodisasi sodir bo`lgani xabar qilingan edi.






