AsosiyJamiyat

Andijonda uch nafar yigit bir fuqaroni kaltakladi (video)

'Andijonda uch nafar yigit bir fuqaroni kaltakladi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Andijonda ko`cha bo`lishni xohlab qolgan otasining bolalariga qaraydiganlar bormi?" sarlavhasi ostida videotasvirlar tarqaldi. 

Andijon viloyati IIB tomonidan ma`lum qilinishicha,  tezkor-surishtiruv ishlari natijasida fuqarolar Sh.A., Sh.M. va I.T. oldindan o`zaro kelishib, ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari hamda ko`rishlar sonini ko`paytirish maqsadida rolik olgani aniqlangan.

Ular 6 mart kuni soat 16:30 larda o`zlariga oldindan tanish bo`lgan R.M.ga telefon qilib, unga "Firibar" nomli qisqa metrajli rolik ishlashayotganini aytib, ushbu rolikda firibgar roligini o`ynab berishini iltimos qilishgan.

Uning roziligi bilan Paxtaobod tumani "Durdiyor" MFYda joylashgan 22-uyda "Firibgar ushlandi" mazmunidagi ko`rinishda do`pposlanganlik holati sahnalashtirilgan va Sh.Q. tomonidan telefoniga tasvirga olingan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslar hamda ularning ota-onalari ishtirokida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

Ikkinchi videotasvirdagi holatga ham olib borilgan surishtiruv ishlari davomida oydinlik kiritilgan.

Ma`lum bo`lishicha, Sh.A. va C.T. ijtimoiy tarmoqlar orqali Sh.S. bilan yozishmalar davomida o`zaro gap talashib qolishi oqibatida 7 mart kuni 19:00 larda Izboskan tumani «Qo`g`ay» MFY hududida ko`rishishib, orani ochiq qilib olish uchun janjallashishgan.

Ushbu jarayonlar I.T. tomonidan telefoniga tasvirga olingan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar