Andijon tumanida aliment va kommunal to`lovlarini o`zlashtirgan sobiq hisobchining kirdikorlari fosh bo`ldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departamentning Andijon tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman pochta aloqa bog`lanmasi sobiq bosh hisobchisi K.A. va boshqalar o`zaro til biriktirib, bank-klient dasturiga soxta ma`lumotlar kiritish orqali aholidan aliment va kommunal to`lovlari uchun undirilgan 172 mln so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






