AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobus 2 piyodani bosib ketdi

'Toshkentda avtobus 2 piyodani bosib ketdi'ning rasmi

Toshkent shahar Chilonzor tumanida 8 mart kuni yo`lovchi avtobusi 2 nafar piyodani urib yubordi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, 1996 yilda tug`ilgan haydovchi S.M. boshqaruvidagi «MAN» avtobusi piyodalar yo`lakchasidan o`tayotgan ikki fuqaroni urib ketgan. Oqibatda 1952 yilda tug`ilgan R.Z. shifoxonada vafot etgan. 2017 yilda tug`ilgan R.E. esa bosh sohasi lat eyishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat qodeksining 266-moddasi 2-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar