AsosiyJamiyat

Toshkentdagi tunnelda yuk mashinasi tiqilib qoldi

'Toshkentdagi tunnelda yuk mashinasi tiqilib qoldi'ning rasmi

Toshkentning Shimoliy vokzali yaqinilagi ko`prikda kutilmagan hodisa yuz berdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, kecha, 9 mart kuni soat 17:50 larda Mirobod tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo`li ko`chasida haydovchi 1974 yilda tug`ilgan Xamro D. «SHACMAN» rusumli tirkamali yuk avtomashinasini boshqarib ketayotib, Shimoliy vokzal yaqinida joylashgan ko`prikka kirish joyida, olib ketayotgan yukni balandligini hisobga olmaganligi sababli tunnelga tiqilib qolgan. 

Xodisa joyiga zudlik bilan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari etib borgan. Yuk tashish qoidalarini buzgan haydovchiga nisbatan qonuniy choralar belgilangan.

    Boshqa yangiliklar