Ijtimoiy tarmoqlarda “Qizi o`z onasini urayotgani aks etgan video tarqaldi” sarlavhasi ostida video tarqaldi.
Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, hodisa 2022 yil 14 fevral kuni Samarqand shahar Bog`ibaland MFYda hududida sodir bo`lgan.
Samarqand shahar Imom Vose MFYda yashovchi 1965 yilda tug`ilgan H.N, Bog`ibaland MFYda yashovchi kenja qizi 1997 yilda tug`ilgan I.N.ning yashash uyiga kelib, u bilan o`zaro uy-joy masalasida tortishib qolishi natijasida ona va bola o`rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Holat Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB 6-son IIB xodimlari tomonidan hujjatlashtirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






