AsosiyJamiyat

Navoiyda fuqaroni qo`rqitib pul talab qilib olayotgan ayol ushlandi

'Navoiyda fuqaroni qo`rqitib pul talab qilib olayotgan ayol ushlandi'ning rasmi

Navoiyda fuqarodan 1500 Aqsh dollari talab qilgan tovlamachi ayol voqea joyida qo`lga olindi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 9 mart kuni fuqaro N.N. Navoiy viloyat IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, Dildora Boymurodova uni xizmatga oid ma`lumotlarini internet tarmoqlari orqali tarqatish bilan tahdid qilib, ilgari 2022 yil 4 mart kuni undan tovlamachilik yo`li bilan  3 million so`m pullarni olganligi  shunga qaramasdan hozirda yana 1500 AQSh dollari miqdorida pullarni talab qilib, kelayotganligini aytib Dildora Boymurodovaga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 2022-yilning 9 mart kuni 23:36 da Navoiy shahrida joylashgan kafelarning birida Dildora Boymurodova fuqaro N.N dan tovlamachilik yo`li bilan talab qilgan 1500 AQSh dollar pullarni tovlamachilik yo`li orqali olgan vaqtida qo`lga olingan.

Shundan so`ng fuqaro D.N. Boymurodova yonida bo`lgan ayollar sumkasi xolislar va himoyachi ishtirokida ko`zdan kechirilganda uning sumkasidan tovlamachilik yo`li bilan olgan 15 dona 100 kupyuralik maxsus kukun yordamida ishlov berilgan jami 1500 AQSh dollari miqdoridagi pullar prosessual tartibda hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan Dildora Boymurodovaga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozirda D.N.Boymurodova O`zbekiston Respublikasi JPK talablari asosida ushlangan.

Tergov harakatlari insonparvarlik, qonuniylik va odillik tamoyillari asosida olib borilishi ta`minlanadi. 

 

    Boshqa yangiliklar