AsosiyJamiyat

Yangihayot tumanida aholidan kommunal to`lovlar uchun undirilgan 198,2 mln so`mni o`zlashtirgan MChJ rahbarlari aniqlandi

'Yangihayot tumanida aholidan kommunal to`lovlar uchun undirilgan 198,2 mln so`mni o`zlashtirgan MChJ rahbarlari aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. 

Unda kommunal to`lovlar xizmati bilan shug`ullanuvchi “SD.G.”va “W.l.” MChJ rahbarlari va boshqalar 396 nafar iste`molchi tomonidan tabiiy gaz hamda elektr ta`minoti uchun oldindan to`lov sifatida amalga oshirilgan 198,2 mln so`mni abonentlarning shaxsiy hisob raqamlariga o`tkazmasdan, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar