AsosiyJinoyat

Toshkent aeroportida 27,3 ming dollar va 1,8 mln rublni tamaki qutilariga yashirib olib o`tayotgan shaxs ushlandi

'Toshkent aeroportida 27,3 ming dollar va 1,8 mln rublni tamaki qutilariga yashirib olib o`tayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Toshkent xalqaro aeroporti orqali yurtimizdan xorijga otlangan fuqaroning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxs o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.

Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasidagi tamaki qutilarida bojxona xodimlariga ma`lum qilinmagan va deklarasiyada ko`rsatilmagan, olib chiqish me`yoridan ortiq bo`lgan umumiy qiymati 465 million so`m ekvivalentidagi naqd xorijiy valyutalar ya`ni 27 300 AQSh dollari va 1 800 000 rossiya rubli borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar