Shu yilning 16 mart kunidan boshlab O`zbekistonning ikki shahridan Sankt Peterburgga qo`shimcha reyslar qatnovi yo`lga qo`yiladi. Bu haqda “O`zbekiston havo yo`llari” MAK matbuot xizmati ma`lum qildi.
"Yo`lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan «Uzbekistan Airways» AJ Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent va Urganch – Sankt-Peterburg – Urganch yo`nalishlari bo`yicha qo`shimcha aviaqatnovlarni yo`lga qo`yadi.
Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha aviaqatnovlar 2022 yilning 16 va 23-mart kunlari, Urganch – Sankt-Peterburg – Urganch yo`nalishi bo`yicha esa 17, 20 va 23-mart kunlari amalga oshiriladi", - deyiladi xabarda.






