AsosiyJamiyat

Yomg`ir, shamol, momaqaldiroq... Bugun O`zbekistonda kuzatiladigan ob-havo ma`lum qilindi  

'Yomg`ir, shamol, momaqaldiroq...  Bugun O`zbekistonda kuzatiladigan ob-havo ma`lum qilindi   'ning rasmi

Bugun, 11 mart kunduz kuni respublika hududi bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. "O`zgidromet" momaqaldiroq bo`lishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog`istonda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi. Momaqaldiroq paytida shamolning kuchayishi 25-28 m/s ga etishi mumkin. Havo harorati 16-21° iliqgacha isiydi.

Poytaxt Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-19° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar