Ushbu hududlarda suv ta`minotining ehtimoliy tiklanish vaqti noma`lum.
Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi Bo`z-suv suv olish inshooti hududida D-1000 tarmoqda yuzaga kelgan nosozlik tufayli ushbu tarmoq o`chirildi.
Bu haqda "Toshkent shahar suv ta`minoti" xabar berdi.
Shu munosabat bilan qator hududlar suvsiz qoldi.
Yunusobod va Mirzo Ulug`bek tumanlarida:
Firdavsiy, Shivli, Mingo`rik, Yangi tarnov, Otchopar, Shahriston, Xalkobod, Ezgulik, Injobod, Otchopar 1, Otchopar 2, Xiyobontepa, Iftixor, Yangi Ariq, Turk Qo`rg`on, Usta Shirin, Markaz-4 mavzesi, 7-sonli shahar kasalxonasi, Oqqo`rg`on MFY.
"Ular suv tashuvchi texnika orqali suv bilan ta`minlanadi",-deyiladi xabarda keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`rab.






