2022 yil 19 va 26 martda Toshkent – Vladivostok – Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
Bu haqda "Uzbekistan Airways" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkentdan uchish: 09:45 (Toshkent vaqti bilan).
Vladivostokka etib borish: 21:40 (Vladivostok vaqti bilan)
Vladivostokdan uchish: 23:40 (Vladivostok vaqti bilan);
Toshkentga etib borish: 02:25 (Toshkent vaqti bilan).
Toshkent- Vladivostok yo`nalishi bo`yicha aviachipta narxi 3 719 248 so`mdan (bagajsiz) va 7 183 319 so`mdan (bagaj bilan), Toshkent – Vladivostok – Toshkent yo`nalishi bo`yicha esa 4 424 116 so`mdan (bagajsiz) va 8 488 898 so`mdan (bagaj bilan) boshlanadi.
Narxlar 11.03.2022 holatiga ko`ra amal qiladi.






