AsosiyJamiyat

Ayni damda ShHT xalqaro yarimmarafoni tayyorgarlik jarayonlariga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazilmoqda

'Ayni damda ShHT xalqaro yarimmarafoni tayyorgarlik jarayonlariga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasining 2021-2022 yillardagi ShHTga raisligi doirasida turli darajadagi 80 dan ortiq tadbirlar o`tkazilishi rejalashtirilgan. Shunday tadbirlardan biri joriy yil 27 mart kuni Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan ShHT xalqaro yarimmarafonidir. Ushbu tadbir doirasida "Navro`z" umumxalq bayramiga bag`ishlangan  IV Xalqaro Toshkent marafoni tashkil etiladi.

ShHT bayrog`i ostida o`tkazilayotgan yarimmarafonda turli mamlakatlardan minglab odamlar, jumladan professional sportchilar, havaskor yuguruvchilar, sog`lom turmush tarzi targ`ibotchilari qatnashishi kutilmoqda.

Avvalroq marafon bo`lib o`tadigan manzillarni ma`lum qilgandik.

Ayni daqiqalarda esa ushbu marafonga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan matbuot anjumani o`tkazilmoqda. Tadbirdan muxbirimiz Oybek Shukurov xabar bermoqda.

Keng miqyosda bo`lib o`tadigan ushbu marafon haqidagi xabarlarni "Darakchi.uz" orqali kuzatib boring!

    Boshqa yangiliklar