Samarqand viloyatida quvvati 100 megavatt bo`lgan yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Bu haqda Energetika vazirligi ma`lumot bermoqda.
Qayd etilishicha, stansiya 353 gektar er maydonida barpo etilmoqda va quyosh panellarining umumiy soni 295 mingdan ortiqni tashkil qiladi.
"Stansiya hududida barcha infratuzilma ishlari ko`rilgan bo`lib, hozirgi vaqtda quyosh panellarini o`rnatish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda",-deydi vazirlik.
Stansiya ishga tushirilishi natijasida yiliga 78 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 100 ming tonna zararli chiqindilarning chiqishini oldi olinadi. Ushbu hajmdagi tejalgan gaz bilan respublikadagi mavjud barcha aholi xonadonlarini bir kun davomida tabiiy gaz bilan ta`minlash mumkinligi aytiladi.






