AsosiyJamiyat

Moldovadan 98 nafar O`zbekiston fuqarosini evakuasiya qilish ishlari yakunlandi — TIV

'Moldovadan 98 nafar O`zbekiston fuqarosini evakuasiya qilish ishlari yakunlandi — TIV'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining navbatdagi axboroti e`lon qilindi. 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 10 mart kuni Moldovadan 98 nafar O`zbekiston fuqarosini Buxarest shahri (Ruminiya) aeroporti orqali evakuasiya qilish ishlari yakunlandi. Ulardan 17 nafari ayollar, 5 nafari voyaga etmagan shaxslar va 4 nafari chaqaloqlardir.  

Polsha hududida mamlakatimizning 220 nafarga yaqin fuqarosi, Ukraina-Polsha chegarasida esa 50 ga yaqin yurtdoshlarimiz qolmoqda.

11 mart kuni bitta evakuasiya reysi amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ukraina-Polsha chegarasida yana 50 nafarga yaqin o`zbekistonlik qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar