AsosiyJamiyat

“Yosh vatandoshlar reestri” ishga tushiriladi

'“Yosh vatandoshlar reestri” ishga tushiriladi'ning rasmi

“Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh mutaxassislar va yosh vatandoshlarga zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (101-son, 07.03.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 Qarorga muvofiq, 2022 yil iyundan xorijdagi nufuzli OTMda o`qiyotgan, etakchi kompaniyalarda ishlayotgan O`zbekiston yoshlari (yosh vatandoshlar)ga vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida:

  •  yosh vatandoshlar faoliyati davomida xizmat turar joylari bilan ta`minlanadi;
  •  davlat organlari va tashkilotlarida kamida 2 yil ishlagan yosh vatandoshlarga uy-joy uchun ipoteka kreditining dastlabki badali va foizlarning bir qismini qoplashga subsidiya beriladi.

 

️ 2022 yil 1 iyungacha “Yosh vatandoshlar reestri” elektron tizimi ishga tushirilib, mazkur tizim xorijdagi vatandosh olimlar, ekspertlar va tadqiqotchilar ochiq ro`yxatdan o`tadigan platformaga integrasiya qilinadi.

️ Har yili 1 martgacha davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi malakali yosh mutaxassislar va yosh vatandoshlarni kelgusida yuqori lavozimga tayinlash bo`yicha asoslangan takliflarni Yoshlar ishlari agentligiga beradi.

 Agentlik 1 aprelgacha takliflarni o`rganib Prezident Administrasiyasiga tavsiya kiritadi.

 

    Boshqa yangiliklar