Avval xabar berganimizdek 10 mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2021 yildagi faoliyati to`g`risida Jamoatchilik kengashi oldidagi hisobotiga bag`ishlangan matbuot ajumani bo`lib o`tdi. Bu haqda "Darakchi" muxbiri Oybek Shukurov xabar berdi.
Unda ishtirok etgan "Darakchi" muxbiri Oybek Shukurovning xabar berishicha, 2021 yilda eng ko`p korrupsion holatlar aniqlangan sohalar, 2021 yilda korrupsion holatlar hududlar kesimida, Davlat xaridlarini amalga oshirishda eng ko`p xatoga yo`l qo`ygan hokimliklar haqida ma`lumot berilgan.
Korrupsiyaga qari kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov so`zlariga ko`ra:
2021 yilda eng ko`p korrupsion holatlar aniqlangan sohalar:
1. Sog`liqni saqlash tizimi;
2. Bank tizim;
3. Ta`lim tizimi;
Davlat xaridlarini amalga oshirishda eng ko`p xatoga yo`l qo`ygan hokimliklar:
1. Navoiy viloyati hokimligi;
2. Jizzax viloyati hokimligi;
3. Andijon viloyati hokimligi.
2021 yilda korrupsion holatlar hududlar kesimida:
1. Toshkent shahri (882 ta korrupsion holatlar);
2. Toshkent viloyati (663 ta korrupsion holatlar);
3. Farg`ona viloyati (595 ta korrupsion holatlar) aniqlangan.






