AsosiyJamiyat

Namanganlik va buxorolik o`quvchilar xalqaro tanlov g`olibligini qo`lga kiritishdi

'Namanganlik va buxorolik o`quvchilar xalqaro tanlov g`olibligini qo`lga kiritishdi'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan “Youth techno art” xalqaro onlayn tanlovi o`tkazildi. Vazirlik Axborot xizmatining xabar berishicha, tanlovga Avstraliya, Malayziya, Armaniston va O`zbekistondan kelib tushgan jami 124 ta ariza orasidan eng yaxshi 54 ta loyiha hakamlar hay`atiga taqdim etilgan.

Loyihalar energiya manbalaridan maqsadli foydalanish, global ob-havo sharoitida sabzavotlarni etishtirish, turli kasalliklarni aniqlash va tashxis qo`yish bo`yicha foydali hisoblanadi.

Taqdim etilgan loyihalar hakamlar hay`ati tomonidan o`rganib chiqilib, eng yaxshi deb topilgan 3 nafar loyiha muallifi g`olib deb topildi.  

G`oliblarga Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Rustam Karimjonov (https://t.me/rkarimjonov) tomonidan qimmatbaho sovg`alar topshirildi.  

G`oliblar orasida ikki nafar o`zbekistonlik o`quvchi bor:

Jahongir Mahmudov – O`zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Jondor tumani 47-maktabning 7-sinf o`quvchisi;

Abdulaziz Nosirjonov – O`zbekiston Respublikasi, Uychi tumani, 16-maktabning 9-sinf o`quvchisi.

 

    Boshqa yangiliklar