AsosiyJamiyat

Samarqandda bankomatni o`marmoqchi bo`lgan 17 yoshli o`spirin qo`lga olindi

'Samarqandda bankomatni o`marmoqchi bo`lgan 17 yoshli o`spirin qo`lga olindi'ning rasmi

Milliy gvardiya Samarqand viloyati boshqarmasi Samarqand shahar qo`riqlash bo`limi xodimlari joriy yilning 26 fevralidan 27 fevralga o`tar kechasi soat 00:16lar atrofida Samarqand shahar Amir Temur ko`chasida joylashgan “Hamkorbank” Samarqand viloyati filiali binosi oldidagi o`z-o`ziga xizmat ko`rsatish shoxobchasida noma`lum shaxs temir jism bilan bankomatni ochayotganini kuzatib, uni qo`lga olgan. Bu haqda "Zamon" xabar bermoqda

Fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida Samarqand shahar 5-son IIBga olib borilganda ushbu fuqaro 2004 yil tug`ilgan, Jomboy tumanida yashovchi fuqaro ekanligi ma`lum bo`lgan. 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar