Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzaobod tuman bo`limi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.
Unda fuqaro M.P. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uning tanishlari bo`lgan Jizzax viloyatida joylashgan manzil koloniyasida jazo muddatini o`tayotgan mahkumlar O. va X.ni kafillik to`lovi orqali ozodlikka chiqarib berishni va`da qilib, evaziga 136 mln so`m pulini plastik kartaga o`tkazish orqali qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






