2022 yil 10 mart kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV Transportda XTB boshlig`i nomiga M.T. ismli shaxsdan kelgan arizada Qoraqalpog`iston Respublikasi Chimboy tumanidagi ko`p tarmoqli oilaviy poliklinikasida laborant hamshirasi, “Q” ismli shaxs “COVID-19” virusiga qarshi emlanganlik to`g`risidagi sertifikatni qalbakilashtirib, sotish bilan shug`ullanishi ma`lum qilingan. Bu haqda IIV xabar berdi.
Arizaga muvofiq olib borilgan tezkor tadbir davomida Chimboy tumanidagi ko`p tarmoqli oilaviy poliklinikasida laborant hamshira bo`lib ishlovchi, 1976 y.t. U.Q. arizachi M.T.ga fuqarolar X.Z., D.A., N.J., S.T., A.I. va A.S. nomlariga rasmiylashtirilgan, vaksina olmasdan turib “COVID-19” virusiga qarshi “Sputnik Light” nomli vaksina bilan emlanganlik to`g`risidagi soxta 6 dona sertifikat ma`lumotnomasini jami 300.000 so`m pul evaziga sotayotganda aniqlanib, ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






