AsosiyJamiyat

O`zbekistonda avtotransport vositalariga tarixiga oid ma`lumotlarni aniqlash va olish imkoniyati yaratilmoqda

'O`zbekistonda avtotransport vositalariga tarixiga oid ma`lumotlarni aniqlash va olish imkoniyati yaratilmoqda'ning rasmi

Jismoniy va yuridik shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 9 mart kuni Vazirlar Mahkamasining yana bir muhim qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan “Avtomobil tarixi” ma`lumotlarini taqdim etish bo`yicha davlat xizmati ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga ko`ra, 2022 yil 1 maydan boshlab avtomobillarga oid ma`lumotlarni taqdim etishga bo`yicha “Avtomobil tarixi” davlat xizmatini ko`rsatish yo`lga qo`yiladi.

“Avtomobil tarixi”ga oid ma`lumotlarini YaIDXP (my.gov.uz), Davlat xizmatlari markazlari, veb-saytlar va mobil ilovalar orqali shartnomaviy asosda aniqlash va olish mumkin bo`ladi.

Xizmatdan foydalanishda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi, mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishli avtotransport vositalaridan tashqari O`zbekiston Respublikasida ruyxatdan o`tgan barcha avtotransport vositalari to`g`risidagi ma`lumotlarni olish mumkin bo`ladi.

“Avtomobil tarixi”da avtotransport vositasiga doir quyidagi ma`lumotlar taqdim etiladi:

- avtotransport vositasining agregat ma`lumotlari (davlat razami belgisi, davlat ro`yxatidan o`tkazilgan sana, rusumi, ishlab chiqarilgan yili, turi, kuzov (shassi) raqami, vazni, dvigatel raqami va quvvati, yonilg`i turi, rangi, o`rindiqlar soni, alohida belgilari yoki o`zgargan agregat ma`lumotlari (mavjud bo`lsa);

- bosib o`tgan masofasi (mavjud bulsa);

- fuqarolik-huquqiy shartnoma (bitim)lar tuzilganligi to`g`risidagi ma`lumotlar (ishonchnoma, ijara, xadya, meros, oldi-sotdi shartnomasi va boshqalar);

- yo`l-transport xodisasi sodir etilganligi (mavjud bo`lsa);

- mavjud bo`lsa avtotransport vositasi ishtirokida sodir etilgan qoidabuzarliklar;

- avtotransport vositasining garovda ekanligi haqidagi (mavjud bo`lsa);

- avtotransport vositasiga nisbatan taqiq mavjud yoki mavjud emasligi;

- bojxona rasmiylashtiruvidan o`tgan sanasi to`g`risidagi ma`lumotlar (agar bojxona rasmiylashtiruvidan o`tgan bo`lsa);

- avtotransport vositasiga yo`lovchi tashish buyicha lisenziya varaqasi olinganligi (olinmaganligi) xakidagi ma`lumotlar.

E`tibor bering, ushbu ma`lumotlar avtotransport vositasining ruyxatdan o`tkazish davlat raqam belgisi, ro`yxatdan o`tkazish to`g`risidagi guvohnomasi seriyasi va raqami asosida so`rovga asosan real vaqt rejimida taqdim etiladi. So`rovnomada noto`g`ri ma`lumotlar ko`rsatilsa davlat xizmatini ko`rsatish rad etiladi.

“Avtomobil tarixi” haqidagi ma`lumotnoma QR-kod (matrik shtrixli kod) quyilgan holda real vaqt rejimida rasmiylashtiriladi. 

Davlat xizmatini ko`rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi (27 ming so`m) miqdorida yig`im undiriladi.

“Avtomobil tarixi” bo`yicha davlat xizmatini ko`rsatish va avtotransport vositasiga oid ma`lumotlarni taqdim etishda shaxsga doir ma`lumotlar oshkor etilmaydi. Avtotransport vositasining egasiga doir to`liq ma`lumotlar faqatgina avtotransport vositasi mulkdori tomonidan o`zining avtotransport vositasi tarixini olish uchun yo`llagan so`rovnomasiga asosan beriladi.

“Avtomobil tarixi”ga oid ma`lumotnoma axborot xususiyatiga ega bo`lib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos bo`lmaydi.

Ushbu xizmaning joriy etilishi fuqarolarimiz tomonidan ikkilamchi bozordan avtotransport vositasini xarid qilishlarida ayrim “firigarlar”ga aldanib qolishlarini oldini olishga xizmat qiladi.

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 

boshqarma boshlig`i Bunyod AZIZOV

    Boshqa yangiliklar