Toshkent viloyati Angren shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limi navbatchi-dispetcherlik xizmatiga 11 mart, soat 15:20 da shahar hududidan oqib o`tuvchi “Qorabog`soy” soyida fuqaro S. J. kuchli yog`ingarchilik natijasida soy o`zanida qolib ketganligi to`g`risida xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma`lum qildi.
Natijada, qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga etib borib, fuqaroni soy o`zanidan olib chiqdilar. Tez tibbiy yordam bo`limi xodimlari tomonidan unga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, shahar markaziy shifoxonasiga yuborildi. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida.






