Qor ko`chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli «Qamchiq» dovonidan o`tgan avtomobil yo`li transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopilgan. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
— "Vodiy-Toshkent" hamda "Toshkent-Vodiy" yo`nalishida harakatlanmoqchi bo`lgan haydovchilardan ushbu vaziyatni to`g`ri tushunib, dovon yo`lida xizmat olib borayotgan xodimlarning ishoralariga qat`iy rioya qilishni so`raymiz.
Qor ko`chkisi xavfi bartaraf etilgandan so`ng, dovon yo`lida harakatlanishga ruxsat etilishi bo`yicha qo`shimcha axborot beriladi, — deyiladi xabarda.






