AsosiyJamiyat

Manzarali daraxtlar ko`rgazmasida taqdim etilgan hech bir daraxt ko`chati majburan sotilayotgani yo`q — Toshkent shahar hokimligi

'Manzarali daraxtlar ko`rgazmasida taqdim etilgan hech bir daraxt ko`chati majburan sotilayotgani yo`q — Toshkent shahar hokimligi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi va Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan "Yashil makon" - manzarali daraxtlar ko`rgazmasida taqdim etilgan hech bir daraxt ko`chati tadbirkorlar yohud davlat tashkilotlariga majburan sotilayotgani yo`q. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining Matbuot xizmati ma`lumot berdi.

Tadbirning maqsadi ishtirokchilarni shaharga qanday daraxtlarni qay tarzda ekilgani ma`qul va to`g`ri bo`lishi haqida xabardor qilish. Bu yo`nalishda muhim ma`lumot va tavsiyalarni berishdan iborat.  

Ko`kalamzorlashtirish ishlariga hissa qo`shishni istaganlar o`z xohishlariga ko`ra istalgan joydan daraxt va gul ko`chatlarini sotib olishlari mumkin.

Shaharni ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirishda Obodonlashtirish bosh boshqarmasi o`z rejasi asosida mustaqil ish yuritadi, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar