''Qamchiq'' dovonida yo`lning ostki tuproq qismi o`pirib tushdi. Bu haqda "O`zgidromet" etakchi mutaxasisi Erkin Abdulahatov xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, dovondagi ikki tunel orasida hududda bir kecha kunduzda juda ham ko`p yog`gan yog`ingarchilikda hosil bo`lgan suv oqimi avtomobil yo`li ostki tuproq qismini o`pirib tushirgan.
Avtomobil yo`li mashina qatnovi uchun xavfli holatga kelgan. Xavf dovonda maxsus tashkilotlar tomonidan bartaraf etilmoqda.
Ma`lumot uchun ''Qamchiq'' dovonida kecha kunduz kuni va kechasi bir sutka davomida umumiy 75 mm yog`in yog`gan. Solishtirish uchun bu yog`in miqdori Qoraqalpog`istonning ko`plab stansiyalarida bir yilda yog`adi.






