AsosiyJinoyat

Buxoroda 3 kishi 13 yoshli bolaga hujum qildi

'Buxoroda 3 kishi 13 yoshli bolaga hujum qildi'ning rasmi

2022 yil 4 mart kuni soat 22:30larda 3 nafar noma`lum shaxs o`zganing mol-mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, Buxoro shahar I.Karimov ko`chasidagi 44/5-uy oldida o`tib ketayotgan voyaga etmagan 13 yoshli A.A.,ga hujum qilib, qo`lida bo`lgan 4.500.000 so`mlik “Xiaomi 11 Lite 5G” rusumli telefon apparatini tortib olib, hodisa joyidan yashirinishgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyat 16 yoshli Q.N., 21 yoshli N.X. va X.X.,lar tomonidan sodir etilganligi, talonchilik yo`li bilan qo`lga kiritilgan “Xiaomi 11 Lite 5G” rusumli telefon apparati esa Buxoro shahar Markaziy bozorida savdo qiluvchi fuqaroga 500.000 so`mga sotib yuborilganligi aniqlanib, mazkur telefon apparati ushbu fuqarodan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ular prosessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar