AsosiyJamiyat

“Qamchiq” dovonida yuzaga kelgan vaziyat sabab Angrendagi oshxonada shtab ish faoliyatini boshladi

'“Qamchiq” dovonida yuzaga kelgan vaziyat sabab  Angrendagi oshxonada shtab ish faoliyatini boshladi'ning rasmi

Xabaringiz bor, “Qamchiq” dovonida qor ko`chkisi xavfi e`lon qilinganligi tufayli, avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan

Dovon yo`li yopilishi munosabati bilan Angren shahrida joylashgan “Angrenlend” oshxonasida shtab ish faoliyatini boshladi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Shuningdek, ayni vaqtda yo`lda qolib ketgan avtotransport haydovchilari va yo`lovchilarni Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi mavjud umumovqatlanish shohobchalariga joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Ular uchun zaruriy sharoitlar yaratilgan. Eslatib o`tamiz, qor qatlami yig`iladigan joylar holati mustahkam emas, ko`chki xavfi mavjud. “Qamchiq” dovoni bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlar kun davomida berib boriladi.

Eslatib o`tamiz, ''Qamchiq'' dovonida yo`lning ostki tuproq qismi o`pirilib tushdi.

    Boshqa yangiliklar