AsosiyJinoyat

Toshkent DSQ boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari pora bilan ushlandi

'Toshkent DSQ boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari pora bilan ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahar Statistika qo`mitasining Toshkent shahri bo`yicha boshqarma boshlig`i o`rinbosari 200 dollar pora bilan qo`lga tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, 2 mart kuni poytaxt Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`iga MChJ rahbari ariza bilan murojaat qilgan. Unda u rahbarlik qilayotgan firma haqida Statistika qo`mitasining elektron hisoblariga rekvizitlar xatolik bilan kiritilgani sabab qo`mita Toshkent shahar boshqarmasiga murojaat qilgan va boshqarma boshlig`i o`rinbosari firmaning STIR raqamlarini to`g`rilab, elektron o`zgartirish kiritish uchun 200 dollar berishini talab qilgani aytilgan.

Toshkent shahar Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazilgan. Boshqarma boshlig`ining o`rinbosari ariza muallifidan 200 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar