AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ba`zi hududlarida yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanadi

'Bugun O`zbekistonning ba`zi hududlarida yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanadi'ning rasmi

"O`zgidromet" markazning xabar berishicha, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 

Shimolda ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) yog`adi. Ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, momaqaldiroq paytida shamolning kuchayishi 25-28 m/s gacha etishi mumkin. Havo harorati 11-16° iliq atrofida bo`ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.  

Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 12-14° iliq iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 5-10° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar