Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Ohangaron va Angrenda sodir bo`lgan g`ayritabiiy hodisa haqida video xabarlar joylashtirishmoqda.
Izohlarda ta`kidlanishicha Toshkent viloyati, Ohangaron tumani kunduz kuni qorong`ulik girdobida qolgan.
Bunga o`ta to`yingan bulutlar sabab ekani aytilmoqda. Ayni damda ushbu hududlarda hamma er o`z-o`zidan qorong`ulashib ketgan.
Avtomobillar tungi chiroqlarini yoqib harakatlanishmoqda.
Ayni paytda kuchli do`l boshlangan va erlar qordek oppoq tusga kirgan.
Ta`kidlanishicha, Bo`ka va Guliston shahrida ham qor va do`l yog`moqda.
Gidrometeorologiya bo`yicha ekspert Erkin Abdulahatovning aytishicha, nam havo massalarining vertikal kesimdagi balandligi shu qadar yuqoriki, hattoki, quyosh yorug`ligini kuchli to`sib qolish xususiyatiga ega.






