AsosiyJamiyat

Samarqandda yuk avtomobili ag`darilib ketdi

'Samarqandda yuk avtomobili ag`darilib ketdi'ning rasmi

2022 yil 13 mart kuni soat 06:30larda Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani hududidan o`tuvchi M-37 avtomobil yo`lining 11 kilometrida haydovchi, 1989 yilda tug`ilgan E.Q. "DAF" rusumli yuk avtomobilida harakatlanib borayotgan vaqtida boshqaruvni yo`qotishi natijasida yo`lning o`ng tomoniga ag`darilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Transport vositasiga zarar etgan.

️Holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar