AsosiyJamiyat

"O`prilish yuzaga kelgan..." “Taxtaqoracha” dovoni vaqtincha yopildi

'"O`prilish yuzaga kelgan..."  “Taxtaqoracha” dovoni vaqtincha yopildi'ning rasmi

Bugun, 13 mart kuni soat 16:00 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o`tgan M-39 avtomobil yo`lining “Taxtaqorcha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Bunga sabab, M-39 avtomobil yo`lining “Taxtaqorcha” dovoni qismida o`tuvchi (1138-1141 kilometrida) kuchli yomg`ir yog`ishi oqibatida avtomobil yo`lida qisman o`prilish yuzaga kelgan.

Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko`lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

“Taxtaqorcha" dovonini qayta ochilishi bo`yicha FVV Matbuot xizmati qo`shimcha ma`lumot taqdim etadi.

    Boshqa yangiliklar