13 mart Qashqadaryo, Jizzax, Samarqand va kunning birinchi yarmida Toshkent viloyati ko`plab soy va sel o`zanlariga sel keldi. Hududlarda yog`inlar oxirgi 2 soatlikda chaqmoq-momaqaldiroqli bo`lmasada, shunga qaramay, o`ta to`yingan nam havo oqimlaridan joylarda juda ko`p yomg`irlar sel-suv toshqin hodisalarini keltirib chiqarishga etarli bo`lmoqda.
Bu haqda Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, ma`ruzalar kanali muallifi Abdulahatov ma`lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, kechga tomon va bu joylarda sel-suv toshqini bilan bog`liq keskinliklar pasayadi.
Eslatib o`tamiz, ertaga kunduz kuni yana atmosferada kuchli chaqmoq-momaqaldiroqli bulutlar faollashishi va ulardan kuchli yog`inlar kutilayotgani ma`lum qilindi.
"Xususan, 14 mart kuni janubdan kelayotgan issiq havo to`lqini va nam oqimlar birlashib, atmosferada kuchli jala yog`inlar bilan bog`liq faollikni bugungidan kuchliroq bo`lishiga olib kelishi kutilmoqda. Ayniqsa, Qashqadaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida sel-suv toshqin bilan bog`liq hodisalar yana kuzatilishi mumkin",-deyiladi xabarda.






