11 mart kuni hafta davomida kuzatilgan muttasil yog`ingarchilik oqibatida Buxoro shahridagi "Talipoch qal`a darvozasi" chap tomonidagi qal`a devorining bir qismi qulab tushdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyat hokimiyati, Madaniy meros boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Buxoro mintaqaviy restavrasiya markazi, Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi mas`ul xodimlari va boshqarmaning maxsus eskspertlaridan iborat Jamoatchilik Ilmiy maslahat kengashi a`zolari hodisani o`rganib chiqishdi.
O`rganish natijasiga ko`ra, XVI asrga tegishli qal`a 2003 yilda qayta tiklangan. O`tgan yillar davomida uning atrofidagi devorning chap qanoti ortidagi madaniy qatlamlarning cho`kishi, qoplama devorlarida yoriqlar paydo bo`lishi hamda joriy yilning mart oyida kuzatilgan doimiy yog`ingarchilik devorning cho`kishi va qulab tushishiga olib kelganligi aniqlangan.
"Hozirda soha mutasaddilari va mutaxassislar tomonidan mazkur ob`ektning atrofini o`rab olish, mazkur huddudda yashovchi fuqarolar va ob`ektga tashrif buyuruvchi sayyohlar xavfsizligini ta`minlash choralari ko`rildi",-deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, kuchli yomg`ir nafaqat qadimiy yodgorliklar, masjidlar devorini ham qulatmoqda.
Marg`ilondagi Safed to`da masjidi devori ham tinimsiz yomg`ir sababli qulab tushdi.






