Bugun Namangan viloyatidan qaytgan Murotjon Azimov vohada tug`ilib, poytaxtda faoliyat yuritayotgan tadbirkor va ishbilarmonlar bilan uchrashmoqda. Bu haqda hokimlik xabar berdi.
Uchrashuvni ochib bergan viloyat hokimi salohiyati va imkoniyati yuqori bo`lgan vohada ham bugungi tadbirkorlar faoliyatini kengaytirsa, tadbirkor uchun ham, viloyat aholisi va byudjeti uchun ham foydali bo`lishini ta`kidlagan.
"Viloyatimizda ham faoliyatlaringizni kengaytirish uchun sizlarga to`siq bo`layotgan yoki duch kelayotgan muammolaringizni echish uchun o`zim keldim", - dedi Murotjon Azimov.
"Bugungi biznes forum bu erga kelgan har bir vohadoshimiz uchun o`z fikrini ochiq bildiradigan minbar vazifasini bajarishiga ishonaman",-deydi hokim.
Ayni damda muloqot davom etmoqda.






