"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun, 14 mart kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Shuningdek momaqaldiroq bo`lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Farg`ona vodiysi bo`yicha kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi.
Momaqaldiroq paytida shamolning kuchayishi 25-28 m/s ga etishi mumkin. Havo harorati 11-16° iliq atrofida bo`lishi saqlanib turadi.
Poytaxt Toshkentda ham vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-16° iliq bo`ladi.






