O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga sifatsiz buyumlar tufayli ariza qoldirganlar muammosi hal etildi. Bu haqda Federasiya "Darakchi.uz"ga ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, murojaatchi Otabek Abdullaev Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumanida joylashgan “In Mart” do`konidan 11 400 000 so`mga skuter xarid qilgan. Biroq skuter sifatsiz chiqib, iste`modchi undan foydalana olmagan. U bundan norzi bo`lib, Jarqo`rg`on tumani iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Jamiyat xodimlari murojaatni o`rganish jarayonida skuter akkumulyatori nosozligi aniqlangan. Iste`molchining murojaati asosli deb topilib, akkumulyator yangisiga almashtirib berilgani aytiladi.
Yana bir murojaatchi Irina Damkratova ham Federasiyaga murojaat qilib, O`rikzor buyum bozoridan 1 700 000 so`mga bolalar aravachisini sotib olganini aytib, biroq, aravacha sifatsiz ekanligini ma`lum qilgan. Uchtepa tumani iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari ushbu xolatni ko`rib chiqishganda, chindan aravacha ishlatishga yaroqsiz ekanligi ma`lum bo`ldi. MChJdan iste`molchiga arvacha uchun to`lagan 1 700 000 so`mi qaytarlishiga erishildi.
"Aslida har bir ota-ona farzandi uchun eng yaxshilarini ilinadi. Gohida tajribasizligimiz, gohida soddalik sabab adashib qolish holatlari ham bo`lib turadi. Bolalar va o`smirlar uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchi har bir tadbirkor bu ularning hayotiga xavf solmaydigan mahsulot bo`lishiga harakat qilish lozim. Zero har qanday jamiyatning, har bir ota-onaning ertasi farzandlardir",-deya bu kabi murojaatlarga munosabat bildiradi federasiya.






