AsosiyJamiyat

3 oyda O`zbekistonning uch hududida 3 ta yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi

'3 oyda O`zbekistonning uch hududida 3 ta yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi'ning rasmi

Ushbu stansiyalar yiliga 5 milliard 600 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Xo`sh ular qancha gaz tejay oladi?

Energetika vazirligi xabariga ko`ra, joriy yilning o`tgan uch oyi davomida O`zbekistonning 3 ta viloyatida umumiy quvvati 684 MVt bo`lgan 3 ta yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.

Xususan, birinchisi 11 yanvar kuni Buxoro viloyatining Buxoro tumanida quvvati 270 MVt bo`lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;

Ikkinchisi, 14 yanvar kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 MVt bo`lgan bug`-gaz qurilmasi;

Uchinchisi, 10 mart kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida quvvati 174 MVt bo`lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.

Xabarga ko`ra, ushbu 3 ta elektr stansiya yiliga 5 milliard 600 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Qurilmalarning energiya tejamkorligi hisobiga yiliga 725 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishilishi aytiladi.

"Tejalgan tabiiy gaz hisobiga qo`shimcha 2 milliard 700 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi",-deyiladi xabarda.

Ma`lumot uchun, mart oyi yakuniga qadar Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 230 MVt bo`lgan navbatdagi, ya`ni to`rtinchi yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

    Boshqa yangiliklar