AsosiyJamiyat

Bu hafta O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

'Bu hafta O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

"O`zgidromet" 15-18 martga ob-havo prognozini e`lon qildi.

Unga ko`ra, Qoraqalpog`iston, Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, 15 va 18 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. 16 martda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. 17 martda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 16 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 17 martda kechasi va kunduzi 2-7° iliq, 18 martda kechasi 2°sovuq-3° iliq,  kunduzi 4-9° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, 15-17 martda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 18 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 martda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha etishi mumkin. Harorat 15 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 16 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 11-16° iliq, 17 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 11-16° iliq, 18 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, 15-16 martda ba`zi joylarda kuchli bo`lishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 martda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha etishi mumkin. Harorat 15-16 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 17 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 11-16° iliq, 18 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, 15-16 martda ba`zi joylarda kuchli bo`lishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 martda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha etishi mumkin. Harorat 15 martda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 16 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° iliq,17 martda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 18-23° iliq, 18 martda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi..

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, 15-16 martda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 17 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. 18 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat  15 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 11-16° iliq, 16 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 17 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 18 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, 15-16 martda vaqti-vaqti bilan kuchli boladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 martda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 15-16 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 17 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq, 18 martda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar