Nurobod tumani hokimligida o`tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko`rildi, deya xabar bermoqda Samarqand viloyati hokimligi Matbuot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, sessiyada deputatlar tomonidan Yuldashev Sherali Mamaraimovich nomzodi Nurobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Sherali Mamaraimovich Yuldashev 1971 yilda Samarqand viloyati, Kattaqo`rg`on tumanida tug`ilgan. Mazkur tayinlovga qadar xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.






