AsosiyJamiyat

Samarqand tumaniga ham hokim tayinlandi

'Samarqand tumaniga ham hokim tayinlandi'ning rasmi

Samarqand tumani hokimligida o`tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko`rildi, deya xabar bermoqda Samarqand viloyati hokimligi Matbuot xizmati. 

Sessiyada deputatlar tomonidan Usmanov Sirojiddin Xayrulaevich nomzodi Samarqand tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Sirojiddin Xayrullaevich Usmanov 1979 yilda Samarqand shahrida tug`ilgan. Mazkur tayinlovga qadar Samarqand viloyati prokurorining o`rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Eslatib o`tamiz, sal avval Yuldashev Sherali Mamaraimovich Nurobod tumani hokimi lavozimiga tayinlangan edi. 

 

    Boshqa yangiliklar