AsosiyJamiyat

Mast holda transport vositasini boshqargan shaxs 5 yilga haydovchilik huquqidan mahrum bo`ladi (video)

'Mast holda transport vositasini boshqargan shaxs 5 yilga haydovchilik huquqidan mahrum bo`ladi (video)'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan hujjatlarga ko`ra, mast holda avtomobil boshqarganlik uchun 5 yil transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etiladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati boshlig`i Olimjon Saidov xabar berdi.

Bu borada 8 ta normativ huquqiy hujjat loyihalari, jumladan 2 ta qonun, 1 ta prezident qarori hamda 4 ta vazirlar mahkamasi qarorlari tayyorlanmoqda. Birinchisi bu Prezidentning "Avtomobil yo`llarida inson xavfsizligini ta`minlash va o`limlar holatini keskin kamaytirish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tarish chora tadbirlari" qaror loyihasi ishlab chiqilyapti.  

Jarima miqdori BHM ning 50 barobari e`tib belgilanmoqda. Amaldagi jarima miqdori 40 barobar edi.

 

    Boshqa yangiliklar